Talabalarga ijara toʼlovining 50 foizini qoplab berish tartibi tasdiqlandi

Talabalarga ijara toʼlovining 50 foizini qoplab berish tartibi tasdiqlandi
Talabalarga ijara toʼlovining 50 foizini qoplab berish tartibi tasdiqlandi

  

Аsosiy qoidalar:

➖ijara toʼlovini qoplash uchun albatta soliq organlaridan roʼyxatdan oʼtgan rasmiy ijara shartnomasi boʼlishi kerak;

➖ ijara toʼlovi faqat kunduzgi taʼlimda oʼqiydigan talabalar uchun toʼlab beriladi. Sirtqi va kechki taʼlim uchun qoʼllanmaydi;

➖ bitta turar joyda ikki va undan ortiq talaba ijara huquqi asosida yashasa, ularning barchasi ijara shartnomasida qayd etilgan boʼlishlari shart;

➖ oʼzi yoki ota-onasining uyida, shuningdek doimiy turar joyidagi uyda ijarada turganlarga qoplab berilmaydi;

➖ arizalar har oyning 7-sanasigacha dekan oʼrinbosari yoki OTMdagi turar joy bilan taʼminlash boʼlimiga topshiriladi;

➖ijara toʼlovining bir qismini qoplab berish oʼquv yili davomida (har yili 1 sentyabrdan 1 iyulgacha) yoki oʼquv dasturi davomiyligiga qarab belgilanadi;

➖ijara toʼlovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida – BHMning 1 baravari (270 ming soʼm), qolgan hududlarda – 0,5 baravari (135 ming soʼm)dan oshirilmaydi.