“Qoʻqon-1912” “Paxtakor”ga 14-marotaba mamlakat chempionligini “hadya qildi”

“Qoʻqon-1912” “Paxtakor”ga 14-marotaba mamlakat chempionligini “hadya qildi”
“Qoʻqon-1912” “Paxtakor”ga 14-marotaba mamlakat chempionligini “hadya qildi”

Oʻzbekiston Superligasining 22-turida Toshkentning “Paxtakor” jamoasi oʻz maydonida Navoiyning “Qizilqum” klubini qabul qilib, 4:2 hisobida zafar quchgan holda mamlakat chempionligini qoʻlga kiritdi. Ularga bu yoʻlda “Qoʻqon-1912” jamoasi ham koʻmaklashib yuborganini alohida taʼkidlash joiz.

Boisi, qoʻqonliklar “Sherlar”ning chempion boʻlishiga xalal berib turgan yagona jamoa, Jizzaxning “Soʻgʻdiyona” klubi bilan safarda durang natija qayd etib, toshkentliklarga rasman chempionlik maqomini “hadya qildi”. Ushbu natijadan soʻng, “Soʻgʻdiyona” hamda “Paxtakor” orasidagi farq 14 ochkoni tashkil qilmoqda.

Shu tariqa, Oʻzbekiston bayroqdori oʻz tarixida 14-bor mamlakat chempionligini qoʻlga kiritdi. Bu rekord natijadir.

Jamoa bunga qadar 1992, 1998, 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007, 2012, 2014, 2015, 2019 va 2020-yillarda Oʻzbekiston chempionatida zafar quchgan edi.