Qanchalik xursandligimni so'z bilan ifodalab bera olmayman

Kecha Microsoft o'zining Azure platformasidagi Translator (tarjimon) xizmatiga yana 12 ta til (ular orasida o'zbek tili ham bor) qo'shilganligini va bu bilan 100 dan ortiq tillarga xizmat ko'rsatayotganini aytdi.

Qanchalik xursandligimni so'z bilan ifodalab bera olmayman
Qanchalik xursandligimni so'z bilan ifodalab bera olmayman

— Skrinshot suratni ana shu yangilik haqida xabar berayotgan Microsoft blogidan oldim. Undagi rasmdagi ikki choy ichib o'tirgan otaxonlarni ko'rishingiz mumkin va bu surat ostiga shunday yozilgan: 

"O'zbekistonning rasmiy tili bo'lgan o'zbek tili tarjimonda mavjud bo'lgan o'nlab til va shevalardan biridir. Bu rasmda ikki kishi O'zbekistonning Farg'ona viloyatida joylashgan choyxonada choy ichishadi. Fotosurat Getty Images tomonidan berilgan." 

— Avvalo o'zbek bo'lganim uchun va shuningdek, o'zim ham Farg'onadan bo'lganim uchunmi suratni ko'rib, qandaydir ta'riflab bo'lmas xursandchilik tuyg'usini his qildim... Albatta, bu kichik narsa, oddiygina surat, lekin quvondim, maza qildim...