O'zbekistonda abiturientlarni onlayn ro'yxatga olish muddati uzaytirildi

azirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 1-son bayoniga muvofiq 2022/2023 o'quv yili qabulida abiturientlarni onlayn ro'yxatga olish muddatlari uzaytirildi. Bu haqda Davlat test markazi xabar berdi.

O'zbekistonda abiturientlarni onlayn ro'yxatga olish muddati uzaytirildi

O'zbekistonda abiturientlarni onlayn ro'yxatga olish muddati uzaytirildi

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 1-son bayoniga muvofiq 2022/2023 o'quv yili qabulida abiturientlarni onlayn ro'yxatga olish muddatlari uzaytirildi. Bu haqda Davlat test markazi xabar berdi.

Ma'lum bo'lishicha, 2022/2023 o'quv yili qabulida abiturientlarni onlayn ro'yxatga olish 27 iyulga qadar (27 iyul kuni ham) davom etadi. Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o'tkaziladigan bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga ro'yxatga olish esa 17 iyulga qadar (17 iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

Mazkur muddat davomida abiturientlar o'z ma'lumotlarini o'zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo'ladigan bo'lsa, sertifikat ma'lumotlarini tizimga kiritishlari mumkin.