Ortiqcha qog‘ozbozlik qilgan qirqqa yaqin davlat xodimlari intizomiy jazoga tortildi

Adliya vazirligi aholidan ortiqcha hujjatlar talab qilgan davlat organlari va tashkilotlarining 38 nafar ma’sul xodimlar intizomiy jazoga tortilganini ma’lum qildi.

Ular Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 215-5-moddasiga asosan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Shuningdek, ularga nisbatan aniqlangan qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida vazirlik va idoralarga 21 ta taqdimnoma kiritilgan.

Qayd etiliishcha, vazirlik tomonidan 29 ta vazirlik va idoralarda davlat tashkilotlarida byurokratik to‘siqlarni qisqartirishga oid o‘rganish olib borilgan.

O‘rganishlarda vazirlik va idoralar tomonidan jismoniy shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, ishga qabul qilish jarayonida va boshqa ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirishda jami 3 256 ta holatda aholidan ortiqcha hujjat talab qilingan. 

O‘rganilgan 29 ta vazirlik va idoralardan 3 tasi o‘rganish jarayonida, qolgan 24 ta vazirlik va idoralar hamda ularning tizim idoralari o‘rganish yakuni bo‘yicha Adliya vazirligi tomonidan kiritilgan taqdimnomalarga asosan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanishi ta’minlandi.