“Ko‘ngillaring to‘q bo‘lsin!” — Shavkat Mirziyoyev xorijdagi vatandoshlar daromadi soliqqa tortilmasligini aytdi

“Men birinchi kundan boshlab aytganman, chetda yurganlar bizning aybimiz bilan yuribdi. 90-yillarda xorijga ketish yo‘q edi-ku. Chetda yurganlarning daromadini soliqqa tortish bo‘yicha tashabbuslar bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda bu juda muhokama bo‘lyapti. Men bir gapni aytaman – bu mutlaqo noto‘g‘ri gap. Xorijdagi yurtdoshlarimiz halol mehnatlari bilan topgan pullarini soliqqa tortsak, bu adolatdan bo‘lmaydi, siyosatimizga to‘g‘ri kelmaydi.

Musofir bo‘lmagan musulmon bo‘lmaydi, deyishadi. Men fidoyi farzandlarimizga murojaat qilmoqchiman – ko‘ngillaring to‘q bo‘lsin! Biz yangi soliq yaratish emas, imkon qadar soliqlarni kamaytirish to‘g‘risida o‘ylaymiz”, – dedi Mirziyoyev Toshkent viloyatidagi saylovchilar bilan uchrashuvda.