Facebook asoschisining nosozliklar sabab qancha zarar ko‘rgani ma’lum bo‘ldi

Facebook asoschisining nosozliklar sabab qancha zarar ko‘rgani ma’lum bo‘ldi

Facebook kompaniyasi asoschisi Mark Sukerberg kompaniyaga tegishli Facebook, Instagram va WhatsApp messenjeri ishida yuzaga kelgan uzilishlar sabali 7 milliard dollar zarar ko‘rgani ma’lum qilindi.

Bloomberg axborot agentligining xabar berishicha, ijtimoiy tarmoqlarda yuzaga kelgan nosozliklardan keyin Sukerbergning boyligi bir necha soat ichida 7 milliard dollarga kamayib,120,9 milliardgacha qisqargan. Kompaniya aksiyalari 5 foizga arzonlashgan.

Agentlikning qayd etishicha, Sukerberg dunyoning eng badavlat odamlari ro‘yxatida 3-o‘rindan 5-o‘ringa tushib ketgan.

Ma’lumot uchun, 4-oktyabr kuni Facebook, Instagram va WhatsApp messenjerlarida global nosozlik kuzatildi va uni bartaraf etish 7 soat davom etgan.