Endilikda haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonga onlayn ariza topshirish mumkin

Endi fuqarolar haydovchilarni tayyorlash o‘quv kursini tamomlagach, yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn ariza topshirishlari mumkin.

Endilikda haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonga onlayn ariza topshirish mumkin
Endilikda haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonga onlayn ariza topshirish mumkin

Buning YaIDXPga kirib “Haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonga ariza topshirish” bo‘limini tanlaydi va portlada ro‘yxatdan o‘tadi. So‘ng ariza shaklini to‘ldiradi va vakolatli organga tegishli hujjatlarni ilova qilib yuboradi.

Vakolatli organ ilova qilingan hujjatlarni tekshiradi va arizachiga imtihonlarga kirishi yuzasidan xabarnoma yuboradi.

Xizmat ko‘rsatilishi uchun fuqarolardan haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash kurslarini tugatilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma hamda 083 shakldagi tibbiy ma’lumotnomaning bo‘lishi talab qilinadi.

Mazkur onlayn xizmat 3 ish kunida ko‘rsatiladi va xizmat narxi bazaviy hisoblash miqdorining 9 foizi (24 300 so‘m)ni tashkil qiladi.