DOKTORANTURA VA TAYANCH DOKTORANTURAGA QABUL MUDDATI UZAYTIRILDI

DOKTORANTURA VA TAYANCH DOKTORANTURAGA QABUL MUDDATI UZAYTIRILDI
DOKTORANTURA VA TAYANCH DOKTORANTURAGA QABUL MUDDATI UZAYTIRILDI

 Respublika oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga tayanch doktorantura (DSc), doktorantura (PhD) va stajyor-tadqiqotchilik institutiga 2022-yil uchun hujjat topshirish davom etmoqda.

Hujjatlar qabuli 20-OKTABRga qadar uzaytirildi.

Hujjatlar onlayn tarzda oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi – www.phd.mininnovation.uz orqali qabul qilinadi. 

Eslatib o‘tamiz, 2022-yilga ilmiy tashkilot va ta’lim muassasalari uchun qabul kvotalari IKKI BAROBARGA oshirilgan bo’lib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimidagi ilmiy tashkilotlar uchun quyidagicha tasdiqlangan:

Tayanch doktorantura (PhD) – 1613 ta; 

Doktorantura (DSc) – 123 ta;

Maqsadli doktorantura – PhD – 204 ta, DSc – 9 ta;

Stajyor-tadqiqotchi – 292 ta.

Talabgorlardan Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qaroriga  muvofiq belgilangan hujjatlarni tizimga kiritish talab etiladi.

Oliy ta’limdan keyingi ta’limda tahsil olayotganlarga beriladigan stipendiyalar miqdori quyidagicha:

Stajyor-tadqiqotchilarga – 3 912 720 so‘m,
 
Tayanch doktorantlarga – 4 419 894 so‘m,
 
Doktorantlarga – 5 647 140 so‘m.