“Bunday hujumlar vaziyatning yanada keskinlashuviga olib keladi” – Tashqi ishlar vazirligi

“Bunday hujumlar vaziyatning yanada keskinlashuviga olib keladi” – Tashqi ishlar vazirligi
“Bunday hujumlar vaziyatning yanada keskinlashuviga olib keladi” – Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Afg‘onistonning Qandahor viloyatidagi portlash yuzasidan bayonot berdi.

Bayonotda O‘zbekiston rasmiylari 2021-yil 15-oktyabr kuni Qandahor viloyatidagi masjidda sodir etilgan hamda ko‘plab insonlarning halok bo‘lishiga olib kelgan navbatdagi terrorchilik harakatini keskin qoralashini ma’lum qildi.

“Bunday g‘ayriinsoniy hujumlar vaziyatning yanada keskinlashuviga olib keladi va Afg‘onistonda uzoq muddatli tinchlik o‘rnatilishiga to‘sqinlik qiladi.

Afg‘oniston hukumatining mamlakatda bu kabi hodisalarning oldini olish uchun qo‘shimcha choralar ko‘rish harakatlarini olqishlaymiz”, – deyiladi O‘zbekiston TIV bayonotida.

Shuningdek, O‘zbekiston Hukumati halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya izhor etib, jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilagan.