“Boshqalar sizga pand berayotgan bir vaqtda biz sizni uyaltirib qoʻymaymiz” — Pavel Durov

Telegram foydalanuvchilari soni bir kunda 70 millionga ko‘paydi

“Boshqalar sizga pand berayotgan bir vaqtda biz sizni uyaltirib qoʻymaymiz” — Pavel Durov
“Boshqalar sizga pand berayotgan bir vaqtda biz sizni uyaltirib qoʻymaymiz” — Pavel Durov

Facebook serverlarida kuzatilgan nosozliklardan Telegram messenjeri “foydalanib qoldi”. Pavel Durovning oʻz kanalida yozishicha, bir kunning oʻzida messenjerning foydalanuvchilari soni 70 millionga koʻpaygan.

“Telegram-da kunlik oʻsish va faollik boʻyicha rekord qayd etildi. Bir kunda boshqa tarmoqlardan 70 milliondan ortiq foydalanuvchilar Telegram-ga oʻtishdi. Jamoamiz bunday katta texnik bosimga dosh bera olgani bilan faxrlanaman.

Shimoliy va Janubiy Amerikadagi foydalanuvchilarimiz Telegram odatdagidan sekinroq ishlagani sabab biroz noqulaylik his qilgan boʻlishlari mumkin, chunki bu hududlarda odamlar ommaviy ravishda Telegram-ga oʻta boshlashdi. Telegram-ning uzoq yillik foydalanuvchilariga yangi qoʻshilgan doʻstlariga messenjerning barcha qulayliklarini oʻrgatishlarini soʻragan boʻlardim. Ishonaman, ular biz bilan qoladi va nega Telegram raqobatchilarini ortda qoldirayotganini bilib olishadi.

Telegram-ga yangi tashrif buyurganlarga dunyodagi eng yirik mustaqil xabar almashish platformasiga xush kelibsiz deb qolaman. Boshqalar sizga pand berayotgan bir vaqtda biz sizni uyaltirib qoʻymaymiz", deya postini yakunlagan Durov.

Avvalroq Pavel texnologiya gigantlarining Telegram-ga kirish va soʻz erkinligini taʼminlashdagi oʻrni haqida gapirgan edi.