Barcha OTMlarning magistraturasida ishdan ajralmagan holda onlayn o‘qish imkoniyati yaratilishi mumkin

Barcha OTMlarning magistraturasida ishdan ajralmagan holda onlayn o‘qish imkoniyati yaratilishi mumkin
Barcha OTMlarning magistraturasida ishdan ajralmagan holda onlayn o‘qish imkoniyati yaratilishi mumkin

Barcha oliy ta’lim muassasalarining magistraturasida ishdan ajralmagan holda onlayn o‘qish imkoniyati yaratilishi mumkin.

Bu haqda Prezidentning “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi bilan tasdiqlanadigan “Yo‘l xaritasi”da belgilab qo‘yilmoqda.

Mazkur “Yo‘l xaritasi”ga ko‘ra, Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasida ta’lim berish jarayonida qonuniylik, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida 2021-yil 1-noyabrga qadar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar “Oliy ta’lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqadilar.

 

Loyihada:

– davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan xodimlariga magistrlik darajasiga ega bo‘lmasdan ham asosiy ish joyidan ajralmagan holda ilmiy, ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanishini belgilash;

– barcha oliy ta’lim muassasalarining magistraturasida ishdan ajralmagan holda onlayn o‘qish imkoniyatini yaratish;

– davlat boshqaruvi organlarining quyi bo‘g‘inida ishlayotgan xodimlarini, ushbu tashkilotda kamida 3 yil ishlab berish sharti bilan oliy ta’lim muassasalarining magistraturasida davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibini belgilash nazarda tutiladi.