Magistrlar asosiy xodim sifatida qancha stavkada ishlashi mumkin?

Stavkada ishlashi mumkin

Magistrlar asosiy xodim sifatida qancha stavkada ishlashi mumkin?

✅Magistratura talabasi bemalol asosiy xodim sifatida ishlashi mumkin.

Mehnat kodeksi 81-moddasiga binoan ish beruvchi korxonada besh kundan ortiq ishlagan barcha xodimlarga mehnat daftarchasini tutishi shart, oʻrindoshlik asosida ishlovchilar bundan mustasno.

Shuningdek, Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat № 402, 29.01.1998 y.)ga muvofiq mehnat daftarchasi xodim ish haqi oladigan korxonaning xodimlar boʻlimida yoki shunga masʼul etilgan shaxsda saqlanadi. Oʻrindoshlik asosida ishlayotganlarniki esa asosiy ish joylarida saqlanadi. Agar magistrant boshqa joyda ishlamasa korxona uni asosiy xodim sifatida ishga qabul qilishi va uning mehnat daftarchasini yuritishi kerak.