“90-yillarda bizdan hech kim Rossiyaga ketmasdi-ku. Nega ketdi – ish yo‘q edi” – Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev saylovchilar bilan uchrashish uchun 12-oktyabr kuni Buxoro viloyatiga keldi. Qorako‘l tumanida nomzodning viloyat saylovchilari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.

“90-yillarda bizdan hech kim Rossiyaga ketmasdi-ku. Nega ketdi – ish yo‘q edi” – Mirziyoyev
“90-yillarda bizdan hech kim Rossiyaga ketmasdi-ku. Nega ketdi – ish yo‘q edi” – Mirziyoyev

Mirziyoyev saylovchilar bilan uchrashuvda o‘zi ham O‘zbekiston fuqarosi ekanligi hamda barcha qarindoo‘lari shu yurt qishloqlarida yashayotgani haqida gapirdi.

– Men ham shu davlatning bir fuqarosi, bir shifokorning farzandi sifatida xalqimning farovonligini o‘ylayman. O‘zim qishloqda o‘sganman, haligacha hamma qarindoshlarim qishloqda yashaydi. Lekin qishloqlarimizdagi sharoit biz xohlagandek o‘zgarmagan, – dedi amaldagi prezident. 

Mirziyoyev shuningdek, ta’limga e’tibor, viloyatdagi ta’lim ko‘rsatkichlari hamda xorijga ketayotgan mehnat migrantlari haqida to‘xtaldi. 

– Ta’limga e’tibor berib, zaminni mustahkam qilgan el kambag‘al bo‘lmaydi. Afsuski biz ta’limga ko‘p yillar e’tiborsiz bo‘ldik. To‘qsoninchi yillarda bizdan hech kim Rossiyaga ketmasdi-ku. Nima uchun xalqimiz ketdi – ish yo‘q, boshpana yo‘q, ertangi kunga ishonch yo‘q edi. Oxirgi yillarda anchasini qaytarishga erishdik, chunki ular ham farzandlarimiz, – dedi Mirziyoyev. 

Uchrashuvda Buxoroning so‘nggi besh yilda oliygohlarga kirish bo‘yicha birinchi o‘rinda ekanligi, xalq ta’limi bo‘yicha ham viloyat ko‘p jihatdan yetakchi ekanligi e’tirof etildi.

– Bularning hammasi ilmga to‘g‘ri e’tibor berilganidan. Men ishonaman, bu albatta o‘z mevasini beradi. Chunki ilmi bor, ishi bor, yaxshi mutaxassis bo‘lgan odam hech qachon xor bo‘lmaydi, – deyiladi uchrashuvda.